2015 yilning Navro‘z bayrami arafasida Uzmobile aloqa operatorida GSM tarmog‘i ishga tushiriladi

24 yanvar kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasion texnologiyalar qo‘mitasida Aloqa vaziri Mirzoxidov Xurshid Mirsobirovich ishtirokida 2014 yil yakunlari va 2015 yil rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Uzmobile bo‘limi direktori A.A.Abdumo‘minov Aloqa vaziriga 2015 yilning mart oyida, Navro‘z bayrami arafasida ushbu aloqa operatorida GSM tarmog‘i ishga tushirilishiga tayyorgarlik ketayotgani to‘g‘risida hisobot bergan.
Ma’lumot uchun, Uzmobile shu kungacha CDMA-450 vositasida faoliyat yuritib keladi.
Kompaniya direktorining vazir savollariga javob berishi davomida ma’lum qilishicha, ushbu milliy operator tarmog‘i bilan shu yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahri va Toshkent viloyati, 2015-2017 yillar oralig‘ida esa, respublikaning barcha aholi puktlarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Shu tariqa, O‘zbekiston hududida Beeline, Ucell va UMS aloqa operatorlariga raqobat qiluvchi milliy mobil aloqa operatori tashkil etiladi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing