date

Zamonaviy Robin Gud butun dunyoga bepul internet va’da qilmoqda

Zamonaviy Robin Gud butun dunyoga bepul internet va’da qilmoqda

Amerikalik mashhur kashfiyotchi va biznesmen Elon Maskni ba’zi jurnalistlar afsonaviy Robin Gudga qiyoslashadi. Bunda u boylarning pulini emas, balki odatiy daromad vositalarini tortib olayotgani nazarda tutiladi. Bu safar ham SpaceX rahbari ilgari surgan tashabbus internet provayderlariga og‘ir zarba bo‘lishi mumkinligi bashorat qilinmoqda.

Bugun ma’lum bo‘ldiki, Elon Maskning butun sayyora yuzini internet tarmog‘i bilan qoplash haqidagi g‘oyasini Google korporasiyasi qo‘llab-quvvatlagan va loyihaga 1 mlrd AQSh dollari miqdorida investisiya kiritgan. Ushbu sarmoya yangi g‘oyaning amalga oshirilish ehtimoli yuqoriligini ko‘rsatdi.


Elon Mask BusinessWeek jurnaliga bergan intervyusida global kommunikasion tizim ushbu sohada insoniyat tarixidagi eng ulkan yutuq bo‘lishini aytib o‘tdi. Taxminlarga ko‘ra, loyihaning amalga oshirilishiga 5 yil vaqt va 10 mlrd dollar mablug‘ talab qilinadi.


Google bu kabi g‘oyalarni 2013 yildayoq sinovdan o‘tkaza boshlagan. O‘shanda korporasiya tomonidan ichi geliyga to‘ldirilgan bir qancha havo sharlari osmonga uchirilgan edi. Ularning har biri router bilan jihozlangan bo‘lib, Braziliyaning chekka hududlarini simsiz internet tarmog‘i bilan ta’minlash imkonini bergan edi. Bunday sharlar 100 kungacha havoda qolishi mumkinligi aytilmoqda.


Bundan tashqari, yaqinda Google pilotsiz uchar vositalar ishlab chiqaradigan Titan hamda sun’iy yo‘ldoshlar bilan shug‘ullanuvchi Aerospace Skybox kompaniyalarini sotib oldi. Google vakillarining xabar qilishicha, ushbu kompaniyalar endilikda butun dunyoni internet bilan ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi.

Manba: xabardor.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Zamonaviy Robin Gud butun dunyoga bepul internet va’da qilmoqda