
Foto: AFP/Scanpix/LETA
Rospotrebnadzor «Vektor» FDBI ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan test tizimlarini 13 mamlakat, shu jumladan YEOII, MDH, Eron, Mo‘g‘uliston va KXDRda COVID-19 bo‘yicha 100 mingdan ortiq tadqiqotlarni o‘tkazish uchun taqdim etdi.
Matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Misr, Serbiya va Venesuelaga test tizimlarini jo‘natish kutilyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya diagnostika vositalaridan foydalangan holda yangi koronavirus keltirib chiqaradigan yuqumli kasallikning ilk holatlari Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda aniqlangan.
«Rospotrebnadzor dunyo bo‘ylab yangi koronavirus epidemiyasining tarqalishining oldini olish uchun xorijiy sheriklarga moddiy, texnik va uslubiy yordam ko‘rsatishni davom ettiradi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar