Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lum qilishicha, yosh ixtirochi Bunyodbek Zaripov masofadan issiqlik haroratini o‘lchaydigan termometrning mahalliy prototipini yaratdi.
U 3D printerdan chiqarilgan bo‘lib, tana haroratini uzoqdan turib lazer yordamida o‘lchaydi. Hozirda ushbu vositaning prototipi ishlab chiqilmoqda va sinov ishlari olib borilmoqda.
Mazkur termometr xorijdan keltiriladigan tibbiy asbob-uskunalardan farqli o‘laroq ancha arzonligi bilan diqqatga sazovordir. Bu mahsulotimizning narxi taxminan 220 ming so‘m bo‘lishi mo‘ljallangan.
“Yana bir ishlanma bu 3D printerdan chiqarilgan maxsus shlem. Hozir pandemiya paytida bu mahsulot juda talabgir, narxi 15-18 ming so‘m atrofida. Karantin davrida dorixona va supermarketlarda tarqatilsa, juda asqotadi. Bir martalik matoli niqoblardan farqli ravishda, undan undan ko‘p marotaba foydalanish mumkin”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Karantin davrida aholi oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalarga borib turishi tabiiy. Yosh innovatorlar do‘konlarga kirib chiqishda foydalanadigan individual eshik tutqichlarini ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi