
Amerikalik musulmon shifokor Saud Anvar o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi uchun 4 shoxli dispenser uskunasini ishlab chiqdi. Bitta dispenser yetti bemorga bitta nafas olish moslamasidan foydalanishga imkon beradi. Qism osonlikcha 3D printerda chop etiladi va qurilmaga kasalxona sharoitida ulanadi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi qurilmalari yetishmasligi mavjud. Janob Anvarning kashfiyoti ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolishda qo‘l keladi. Konnektikut shtati senati bunday qurilmalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Shuni ta’kidlash kerakki, shifokor bu kashfiyotdan bir sent ham olmaydi, u barcha harakatlarini "bemorlar o‘limining oldini olish uchun tibbiy burch" bilan izohladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar