Foto: Boeing
Boeing kompaniyasi Qatar harbiy-havo kuchlari qurollanishi qatoriga kirishi kutilayotgan F-15QA qiruvchi samolyotining birinchi parvozini muvafaqqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Muhandislarning ta’kidlashicha, F-15QA — Amerika qiruvchi samolyotlarining to‘rtinchi avlodlari orasida eng zamonaviy versiya hisoblanadi. Birinchi parvoz vaqtida samolyot havoda 90 daqiqa davomida bo‘lib, Sent-Luisdagi Lamberta xalqaro aeroportiga qo‘nishni amalga oshirgan.
Boeing mazkur qiruvchining «vikingning parvozi» deb ataluvchi manyovrini namoyish etdi — unda samolyot asosiy parvozdan oldin vertikal ravishda havoga ko‘tariladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, samolyot va uning ichki tizimlari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
F-15QA o‘zidan oldingi qiruvchiga qaraganda bir qator modifikatsiyaga uchragan: eletrodistansion boshqaruv tizimi, raqamli qurilmalar paneli, datchiklar, radar va radioelektron kurash vositalari yaxshilangan. Qiruvchi samolyotning konstruksiyasi ancha barqaror va ta’mirlashga yaroqli bo‘lib, ko‘plab xavflarda himoya qilishga qodir.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boringWhat’s a “Viking takeoff”? Watch as the Qatar Emiri Air Force #F15 demonstrates the maneuver during its first flight. pic.twitter.com/wLHEuvH0Lt
— Boeing Defense (@BoeingDefense) April 14, 2020
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»