
Foto: University of Tokyo
Tokio universiteti xodimlari yig‘ilgan holatda ryukzakka joylashuvchi Poimo nomli shishirma elektroskuter konseptini taqdim etdi, deb yozadi BBC. Skuter korpusi termoplastik poliuretandan yaratilgan.
Mazkur transport vositasini bir daqiqada shishirish mumkin. Shundan so‘ng unga g‘ildiraklarni o‘rnatish, akkumulator, simsiz boshqariladigan tutqichlar va ventil elektrodvigatelni joylashtirish kerak.

Foto: University of Tokyo
Shishirma transport vositasining og‘irligi 5,5 kilogrammni tashkil etadi, biroq ixtirochilar ushbu vaznni kamaytirish ustida ish olib borayotganini ta’kidlagan.
[media=https://youtu.be/OQawHw9phj0]
Shuningdek, muhandislar elektroskuterda ko‘proq masofa bosib o‘tish uchun akkumulator sig‘imini oshirishni rejalashtirmoqda. Hozirda bir marta quvvatlanish orqali 1,6 kilometr harakatlanish mumkin, xolos.

Foto: University of Tokyo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar