23:24 / 23.06.2020
3 247

Atigi 130 dollarga 7 dyuymlik ekran, 6000 mA/soatlik akkumulatorga ega smartfon sotila boshlandi

Atigi 130 dollarga 7 dyuymlik ekran, 6000 mA/soatlik akkumulatorga ega smartfon sotila boshlandi
Tecno kompaniyasi bugun – 23 iyundan o‘zining yangi Spark Power 2 smartfonini sotuvga chiqarmoqda. Hindistonda savdosi boshlanishida uni atigi 130 dollarga teng narxda olish mumkin. Bu haqda «Terabayt» xabar bermoqda.

Tecno Spark Power 2 diagonaliga 7 dyuymlik, HD+ formatidagi displeyga ega va u korpus old yuzasining 90,6% qismini egallaydi. Smartfonning apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio P22 protsessori egallaydi, unga 4 gigabaytlik tezkor xotira hamrohlik qiladi. Smartfonning ichki xotirasi 64 gigabaytlik bo‘lib, yana MicroSD formatli xotira kartasi uchun sloti ham bor.

Ishlab chiqaruvchi bu smartfonini HiOS grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizim talqini bilan ta’minlagan. Tecno Spark Power 2 kvadrokamerasi 16, 5, 2 va 2 megapiksellik modullardan iborat. Smartfon selfisevarlarga ham ma’qul keladi: old kamera 16 megapiksellik datchikdan tashqari LED-chaqnoqni ham o‘z ichiga olgan.

Spark Power 2 afzalliklaridan yana biri baland ovozli ikkita stereodinamikdir. Smartfon barmoq izi skaneridan tashqari, egasini yuzidan tanib tizimni qulfdan chiqarish funksiyasiga ham ega. Uning 6000 mA/soatlik akkumulatori esa 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Batareyaning noldan boshlab 50 foizgacha to‘lishi uchun bir soat kifoya qiladi.

Afsuski, Tecno Spark Power 2 smartfonining Hindistondan boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Atigi 130 dollarga 7 dyuymlik ekran, 6000 mA/soatlik akkumulatorga ega smartfon sotila boshlandi