2 202
O‘zbek olimlari xitoylik hamkasblari bilan antiseptik vosita sifatida nanobiomateriallar yaratishdi
Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri Baxtiyor Rasulov boshchiligidagi bir guruh olimlar xitoylik hamkasblari (XXR fizika-kimyo instituti) bilan hamkorlikda nanobiomateriallar olinib, ularning odamda turli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarga tez ta’sir etishi isbotlandi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining yozishicha, ushbu ishlanmadan tibbiyotda (antiseptik vosita) va qishloq xo‘jaligida ekinlarning fitopatogen zamburug‘lariga qarshi kurashda foydalanish mumkin.
Bakteriya polisaxaridlariga nanozarralarini kiritish orqali yangi nanobiomateriallar olish borasida har ikki institut hamkorligida 2012–2018 yillar davomida qator ilmiy loyihalar bajarildi. Bakteriya polisaxaridlari nanotexnologiyada matritsa sifatida qo‘llaniladigan boshqa vositalarga qaraganda inson tanasiga zararli ta’sir ko‘rsatmasligi sababli tarkibida nanozarralar saqlagan nanobiomateriallar olishda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida ham tadqiqotchilar aynan bakteriya biopolimerlaridan foydalanishdi.
Bunday turdagi nanobiomateriallarning yana bir muhim xususiyati ularning viruslarga qarshi tez va samarali ta’sir eta olishidir. Hozirda nanozarralarning viruslarga qarshi qo‘llashni tadqiq etish uchun loyiha muhokama qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi