13:25 / 24.08.2020
2 352

Olimlar cheksiz marta qayta ishlanuvchi plastmassa turini ishlab chiqishdi

Olimlar cheksiz marta qayta ishlanuvchi plastmassa turini ishlab chiqishdi
Olimlar ishlab chiqqan yangi plastik qizdirish yo‘li bilan dastlabki xususiyatlarini saqlab qolgan holda cheksiz qayta ishlanishi mumkin. Material plastik konteynerlar, sport anjomlari, avtomobil ehtiyot qismlari, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda qo‘llanishi mumkin.

Plastikning yangi turi AQSHning Kolorado shtati universiteti laboratoriyasi boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu haqda New Scientist nashri xabar berdi.

Yangi material bitsilik tiolaktonlar deb ataluvchi kimyoviy qurilish bloklaridan tashkil topgan bo‘lib, yuqori bikirlik, mustahkamlik va barqarorlik ko‘rsatkichlariga ega.

Tadqiqot mualliflaridan biri Yujin Chenning ta’kidlashicha, yangi plastik kimyoviy katalizator ishtirokida 100 daraja issiqqacha qizdirilib oson qayta ishlanishi mumkin. Plastik yuqori harorat ta’sirida boshlang‘ich qurilish bolklariga parchalanib, so‘ngra ushbu bloklar yana shunday yuqori sifatli materialga qayta birlashtirilishi mumkin.

Biroq innovatsion materialning kamchiligi mavjud.

Asosiy muammo shundaki, ushbu plastikni qayta ishlash uchun chiqindilar orasidagi boshqa turdagi plastiklardan ajratib olinishi va so‘ngra qayta ishlanishi lozim”, deyilgan maqolada.

Olimlar ushbu kamchilikni arzimas muammo deb hisoblamoqdalar, chunki ushbu plastik zamonaviy ishlab chiqarish talab etadigan barcha xususiyatlarga ega.

Ularning ta’kidlashicha, dunyoda har yil 300 mln tonnadan ko‘proq plastik ishlab chiqariladi va uning oz qismi qayta ishlanadi. Qolgan plastik chiqindilar chiqindixonalarga jo‘natiladi, yoqib yuboriladi yoki atrof-muhitga tushadi.

Avvalroq olimlar Atlantika okeanining 200 metrgacha chuqurlikdagi yuqori qatlamlarida 12-21 mln tonna palstik chiqindilar suzib yurishini ma’lum qilishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar cheksiz marta qayta ishlanuvchi plastmassa turini ishlab chiqishdi