17:07 / 31.08.2020
1 974

Huawei smartfonlar bozorini butunlay tark etishi mumkinligi taxmin qilindi

Huawei smartfonlar bozorini butunlay tark etishi mumkinligi taxmin qilindi
Foto: AR/TASS
Tahlilchi Min-Chi Ko Amerika sanksiyalarining Huawei uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi borasida tahliliy hisobot e’lon qildi. Huawei korporatsiyasi smartfonlar bozoridan ketishi mumkin. Bu haqda tahlilchi Min-Chi Koga tayanib ITHome nashri xabar berdi.

Ko Amerika sanksiyalarining Huawei uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi borasida tahliliy hisobot e’lon qildi. U turli omillar aosisda kompaniya rivojlanishining optimistik va pessimistik prognozlarini tuzdi. Eng yaxshi holatda kompaniyaning smartfonlar bozoridagi ulushi qisqaradi va bo‘shagan joyni Apple, Oppo, Vivo va Xiaomi egallaydi.

Pessimistik prognozga ko‘ra esa, Huawei smartfonlar bozorini butunlay tark etadi. Ko korporatsiya bu yo‘nalishda tanazzulga uchrashini bashorat qilmoqda.

Avgust oxirida AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Huawei korporatsiyasiga qarshi sanksiyalar kuchaytirilganini e’lon qildi. Sanksiyalar ro‘yxatiga korporatsiyaning yana 38ta filiali qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei smartfonlar bozorini butunlay tark etishi mumkinligi taxmin qilindi