21:13 / 11.09.2020
2 172

Jahon bozorida 5G-smartfonlar sotuvi keskin o‘sishi taxmin qilinmoqda

Jahon bozorida 5G-smartfonlar sotuvi keskin o‘sishi taxmin qilinmoqda
Foto: Depositphotos / nirutdps
2020 yil yakunlari bo‘yicha dunyo bo‘yicha beshinchi avlod mobil tarmog‘ida ishlaydigan 278 million dona smartfon sotiladi. Canalys agentligi tahlilchilari ana shunday taxmin bildirdi.

Tahlilchilarning fikricha, koronavirus inqiroziga qaramasdan, butun dunyoda smartfon bozori tiklanmoqda. Savdo mavsumida 5G-smartfonlarga bo‘lgan talab oshadi, deydi Canalys tahlilchisi Ben Stenton.

Tahlilchilarning taxminiga ko‘ra, 2021 yilda yarim milliarddan ortiq ana shunday smartfonlar sotiladi.

5G-smartfonlar savdosining 60 foizdan ortig‘i Xitoyga to‘g‘ri keladi. Hozirda bu yerda narxi 150 dollar bo‘lgan, ma’lumotlarni yuqori tezlikda qabul qiladigan va uzatadigan qurilmalarni sotib olish mumkin.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Shimoliy Amerika va Yevropa bozorlari turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jahon bozorida 5G-smartfonlar sotuvi keskin o‘sishi taxmin qilinmoqda