10:35 / 27.09.2020
2 212

Germaniyada koronavirusni aniqlovchi dunyodagi eng tezkor test tizimi yaratildi

Germaniyada koronavirusni aniqlovchi dunyodagi eng tezkor test tizimi yaratildi
Foto: «RIA Novosti»
Germaniyaning Bosch kompaniyasi koronavirusni aniqlovchi yangi test tizimini yaratdi. Natijani 39 daqiqada ma’lum qiladigan, PZRga asoslangan texnologiya dunyodagi eng tezkor test deb atalmoqda, deb yozadi «RIA Novosti».

«Bosch o‘zining Vivalytic tahliliy qurilmasi uchun SARS-CoV-2 qo‘zg‘atuvchisini aniqlaydigan yangi ekspress-testni yaratdi. Shu orqali test natijasi 39 daqiqada tayyor bo‘ladi — bu PZR asosida ishlaydigan hozirda dunyodagi eng tezkor test tizimi hisoblanadi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniyadagilarning hisoblashicha, ularning mahsuloti tezkor natijalar kerak bo‘ladigan aeroportlardagi mobil testdan o‘tkazish joylarida qo‘l keladi. Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu testdan Yevropadagilar bemalol foydalana oladi. Yangi tizim mamlakatning Ilm-fan va ta’lim vazirligi yordamida yaratilgan. Test SARS-CoV-2 infeksiyasiga chalinganlarni 98 foiz aniqlikda, sog‘lomlarni esa 100 foiz aniqlikda topadi.

Avvalroq AQSHdagi Jorj Vashington universiteti tadqiqotchilari mobil telefonlar yordamida koronavirusni aniqlovchi kichik qurilma yaratgani, Eronda koronavirusni yarim daqiqada aniqlovchi nanotest yaratilgani xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Germaniyada koronavirusni aniqlovchi dunyodagi eng tezkor test tizimi yaratildi