Foto: Alex Tai / SOPA Images / LightRocket via Getty Images
13 oktabr kuni Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadi. Kompaniya aynan nimalarni namoyish etishiga aniqlik kiritmagan, lekin bozor tahlilchilari yangi iPhone kutishmoqda.
Yangi displey
Insayderlarning ma’lumot berishicha, 13 oktabrda kompaniya tarixidagi eng katta displeyga ega iPhone taqdim etiladi. Xususan, 9to5Mac nashri tahlilchi Min-Chi Kuoga tayanib taqdimotda diagonali 6,7 dyuymli OLED-displeyga ega smartfon namoyish etilishini yozmoqda. Yangi iPhone ekrani 6,5 dyuymdan katta bo‘lishi haqida Bloomberg ham yozgandi.
Yangi sensor
Yangi Apple smartfonining Pro-versiyasi LiDAR skaneri bilan jihozlanadi, deb yozadi Bloomberg. Bu sensor to‘ldirilgan voqelik ilovalari (AR-ilova) ishlashini yaxshilaydi.
Uchta kamera
Bloomberg manbalari va Min-Chi Kuoning ma’lumot berishicha, iPhone 12 Pro va 12 Pro Max uchta kameraga ega bo‘ladi. Arzonroq modellar esa ikkita kamera bilan jihozlanadi.
Yangicha dizayn
Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanning yozishicha, Apple smartfonlari 2017 yildan buyon ilk bor mutlaqo yangicha dizaynda chiqadi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, dizaynerlar korpus chetlarining yassi bo‘lishidan qochishgan. Shuningdek, iPhone 12 korpusi aluminiydan tayyorlanadi, qimmatroq Pro modellariniki esa zanglamaydigan po‘latdan ishlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”