00:22 / 18.10.2020
4 023

Xitoyliklar eski «ayfon»larni yangi iPhone 12’ga aylantirish usulini o‘ylab topdi

Xitoyliklar eski «ayfon»larni yangi iPhone 12’ga aylantirish usulini o‘ylab topdi
Xitoyliklar yangi iPhone uchun ortiqcha xarajat qilmaslik uchun eski qurilmalarni iPhone 12’ga aylantirish usulini o‘ylab topdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Yangi iPhone 12 ingichka hoshiyali yangilangan dizaynga ega bo‘lgan, biroq u o‘zidan oldingi modeldan keskin farq qilmaydi. Xitoyliklar o‘xshash dizayndan eski qurilmani yangiga aylantirishda foydalandi.

Xitoydagi aksessuar ishlab chiqaruvchilar Apple’ning yangi mahsuloti taqdimotiga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan, biroq oddiy g‘iloflar emas, balki iPhone 11’ni xuddi iPhone 12’dek maskirovka qiluvchi maxsus bamperli g‘iloflar bilan.


Shunga qaramay e’tiborga olinadigan jihatlar ham yo‘q emas, xususan, iPhone 11 o‘lchami bilan iPhone 12’dan biroz kattaroq, ammo buni faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash orqali payqash mumkin. Shunday ekan atrofdagilarni aldash oson.

Bu kabi tryukdan oldingi avlod qurilmalarida ham foydalanilgan edi. Xususan, iPhone XR va XS uchun qo‘shimcha ob’ektivga ega maxsus g‘iloflar chiqarilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Apple oktabr oyidagi taqdimotida to‘rtta yangi smartfonini namoyish etdi: iPhone 12 Mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max. Barcha gadjetlar kompaniyaning A14 Bionic protsessoriga ega bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu hozirgi kunda bozorda mavjud eng kuchli mobil protsessor hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyliklar eski «ayfon»larni yangi iPhone 12’ga aylantirish usulini o‘ylab topdi