17:44 / 25.10.2020
2 321

Kundalik hayotdagi istalgan ob’ektning nusxasini kompyuter ekraniga ko‘chirish usuli paydo bo‘ldi (video)

Kundalik hayotdagi istalgan ob’ektning nusxasini kompyuter ekraniga ko‘chirish usuli paydo bo‘ldi (video)
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Smartfon kamerasi yordamida tezda suratga olib, undagi ob’ektni fondan ajratgan holda kompyuterdagi istalgan dasturga joylashtirish imkonini beradigan onlayn-servis paydo bo‘ldi. Buning uchun smartfonni ob’ektga, shundan so‘ng kompyuter ekraniga yaqinlashtirish lozim — u foydalanuvchi ko‘rsatgan joyda paydo bo‘ladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Bu orqali tezda suratga olib, otkritkalar, maketlar, saytlar, maqolalar va boshqa materiallarga turli predmetlarni joylashtirish mumkin. Fonni o‘chirib tashlash va qayta ishlash uchun ortiqcha vaqt sarflashga hojat yo‘q. ClipDrop servisi ko‘plab zamonaviy dasturlar va tahrirlagichlar bilan integratsiyalasha oladi, masalan, Google Docs, Microsoft Office, Photoshop, Figma va hokazo.

Ishlash tartibi quyidagicha:

Servis yaxshi yoritilmagan joylarda ob’ektlarni aniq tanimay, fondan ajrata olmasligini unutmaslik kerak. Shuningdek, smartfon kamerasi ham yaxshi bo‘lishi lozim.

Shu bilan birga, tasvirni nafaqat smartfon yordamida, to‘g‘ri kompyuterning o‘zida ham qirqish mumkin — buning uchun dasturni ishga tushirish va uni kursor bilan ajratish kerak bo‘ladi. Bu xuddi skrinshotdek, faqat servis fondan ob’ektni ajratib oladi.

ClipDrop servisi dasturchilari hozirda ilovaning final versiyasini ishga tushirgan. Undan foydalanish uchun yiliga 40 dollar to‘lash lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kundalik hayotdagi istalgan ob’ektning nusxasini kompyuter ekraniga ko‘chirish usuli paydo bo‘ldi (video)