23:30 / 21.11.2020
2 409

Kuzovida ulkan displeylarga ega GAC konsept-kari namoyish etildi (foto)

Kuzovida ulkan displeylarga ega GAC konsept-kari namoyish etildi (foto)
Foto: GAC Moca
Xitoyning Guanchjou shahrida ochilgan avtosalonda Guangzhou Automobile Group (GAC) kompaniyasi Moca nomli noodatiy konsept-karni taqdim etdi. Avtomobil minimalistik dizayn va kuzovda joylashgan ikkita ulkan ekranga ega bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Moca’ning tashqi ko‘rinishi Osiyo avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida urfda bo‘lgan retrofuturizm uslubida yaratilgan. Ekstereri oddiy shakllar va silliq yuzadan iborat, tepa qismi yupqa tom bilan yopilgan. Avtomobil tabaqali eshiklar va illyuminatsiyaga ega g‘ildirak diskalar bilan jihozlangan.

Foto: GAC Moca
Biroq shou-karning qiziqarli tomoni ulkan displeylarga ega ekanligida. Ularning biri radiator panjarasi o‘rnida joylashgan bo‘lsa, ikkinchisi — quyruq qismida. Yoniq holatda ham deyarli ko‘zga tashlanmaydigan optika qismi ekranlarning markazidan joy olgan. Displeylarning funksionalligi cheklangan: Autohome ma’lumotlariga ko‘ra, ular faqat o‘rtasidagi matnlar o‘zgarib turadigan turli rangdagi fonni hosil qila oladi.

Foto: GAC Moca
Minimalizm salonda ham davom etgan: konsept lakonik old panelga, vertikal joylashgan multimedia tizimli displey va chetlari aylanasimon rul hamda qo‘shimcha ekranga ega. Suratlardan ko‘rish mumkinki, Moca’ning barcha o‘rindiqlari turlicha: old tomonida haydovchi uchun kul rang va yo‘lovchi uchun kovushsimon o‘rin joylashgan, orqasida — yorqin sariq rangli divan va bolalar o‘rindig‘i.

Foto: GAC Moca
Hozircha Moca’ning texnika tavsifi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Faqatgina u Xitoydagi shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlanishga mo‘ljallangan kelajakdagi elektrokarlarning yangi GAC platformasida yaratilgani ma’lum.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kuzovida ulkan displeylarga ega GAC konsept-kari namoyish etildi (foto)