23:53 / 23.11.2020
3 528

Mushuklar miyovlashini inson tiliga tarjima qiladigan mobil dastur yaratildi

Mushuklar miyovlashini inson tiliga tarjima qiladigan mobil dastur yaratildi
Foto: «Glamur.ru»
MeowTalk mobil dasturi yordamida mushuklarning miyovlashini o‘z egalari tushunadigan tilga o‘girib berish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb yozadi «Glamur.ru».

Ushbu mobil dastur Akvelon top-menejeri Xayver Sanches tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u bunga qadar Amazon muhandisi bo‘lgan va Alexa virtual yordamchisining yaratilishida ishtirok etgan. Sanches hamda uning jamoasi mushuklar miyovlash orqali ovqatlantirish va og‘riqdan shikoyat qilish kabi to‘qqizta asosiy xabarlarni bildirishga urinishini aniqlagan. MeowTalk esa ushbu xabarlarning barchasini sun’iy intellekt yordamida hisobga oladi.

Dasturchining ta’kidlashicha, har bir mushukning o‘ziga xos vokalizatsiyasi va miyovlash lug‘ati bo‘ladi. Shu sababli foydalanuvchilar dasturni o‘zining uy hayvoni miyovlashiga o‘rgatishi mumkin. Sanches dasturni mushugida sinab ko‘rgan va u qachon uni ko‘chaga chiqarish yoki ovqatlantirish kerakligini tushuna boshlagan. Ammo dasturga buni o‘rgatish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

«MeowTalk statik emas, u to‘g‘riligi tasdiqlangan har bir tarjima orqasidan o‘rganadi va rivojlanadi — xuddi biz o‘zimizning xotira bankimizga yoki til dasturimizga yangi so‘zlarni qo‘shganimiz kabi», — deydi Akvelon bosh operatsion direktori Konstantin Korovkin.

MeowTalk mobil dasturini App Store hamda Google Play orqali yuklab olish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mushuklar miyovlashini inson tiliga tarjima qiladigan mobil dastur yaratildi