00:23 / 26.11.2020
3 398

iPhone 12’ning tannarxi hisoblab chiqildi

iPhone 12’ning tannarxi hisoblab chiqildi
Foto: Rie Ishii
Yaponiyaning Fomalhaut Techno Solutions tadqiqot kompaniyasi tahlilchilari Apple’ning yangi smartfonlari iPhone 12 va iPhone 12 Pro’ning tannarxini hisoblab chiqishdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi iPhone 12’ning tannarxi 373 dollarni, iPhone 12 Pro’niki esa 406 dollarni tashkil qiladi.

Nikkei nashrining xabar berishicha, yapon kompaniyasi mutaxassislari bu maqsadda smartfonlarni qismlarga bo‘laklashgan va ulardagi butlovchi qismlar necha pul turishini aniqlashgan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi smartfonlarning eng qimmat butlovchi qismi OLED-ekrani hisoblanadi va uning narxi 70 dollarni tashkil qiladi. Gadjetlarda qo‘llangan Apple A14 Bionic protsessori 40 dollarga, Samsung’ning flesh-xotirasi 19,2 dollarga, SK Hynix DRAM tezkor xotira 12,8 dollarga va Sony’ning fotosensorlari 5,5-7,4 dollarga baholangan.

Yangi iPhone’larda qo‘llangan butlovchi qismlarning 26,8 foizi Janubiy Koreya kompaniyalarida, 21,9 foizi AQSHda ishlab chiqarilgan.
Tahlilchilar gadjetlar tannarxini hisoblashda ishlab chiqish, reklama, marketing, logistika xarajatlarini hisobga olishmagan.

Ayni vaqtda AQSHda iPhone 12 smartfoni 800 dollardan, iPhone 12 Pro esa 1000 dollardan boshlab sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 12’ning tannarxi hisoblab chiqildi