09:04 / 23.12.2020
2 345

Kompyuter fanini o‘rganishni kengaytirishga qaratilgan dunyoga mashhur Code.org platformasi o‘zbek tilida ham ishlay boshladi

Kompyuter fanini o‘rganishni kengaytirishga qaratilgan dunyoga mashhur Code.org platformasi o‘zbek tilida ham ishlay boshladi
Foto: Pinterest
IT Park Code.org platformasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi — endilikda maktab o‘quvchilari kelajak kasbini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. IT Park, Code.org va Dubai Future Foundation’ning hamkorlikdagi loyihasida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari uchun platformaning o‘zbek tilidagi versiyasini taqdim etilgan.

Code.org bu – maktablarda kompyuter fanini o‘rganishni kengaytirishga qaratilgan notijorat tashkilot. Code.org’ning maqsadi barcha maktablardagi har bir talaba kompyuter fanini asosiy ta’limning bir qismi sifatida o‘rganish imkoniyatini berish. Code.org AQSHning eng yirik maktab okruglarida kompyuter fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarining yetakchi provayderi. Bundan tashqari, ushbu platforma Hour of Code har yillik xalqaro kampaniyasi tashkilotchisi bo‘lib, hozirgi kunda butun dunyodagi maktab o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘prog‘i ishtirok etmoqda. Code.org homiylari: Microsoft, Facebook, Amazon, Infosys Foundation, Google va boshqalar.

Code.org platformasi orqali 1,7 milliondan ortiq o‘qituvchi ro‘yxatdan o‘tgan va 53 milliondan ko‘proq o‘quvchi bor. 2019 yilda kurslarni tamomlagan 70 mingdan ortiq tinglovchi ishga joylashgan,

«Men O‘zbekistonning barcha ota-onalari va o‘qituvchilarini ushbu platformani o‘rganishga va barcha maktab o‘quvchilariga bilim berishni taklif qilmoqchiman. Code.org barcha maktab o‘quvchilari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari va yanada yaxshi kelajakka erishishlari uchun O‘zbekistonda kompyuter fanlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga qaratilgan», — deydi Code.org’ning xalqaro hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti Leonardo Ortiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kompyuter fanini o‘rganishni kengaytirishga qaratilgan dunyoga mashhur Code.org platformasi o‘zbek tilida ham ishlay boshladi