18:53 / 13.01.2021
2 385

Xitoyda smartfonlar uchun issiq suv va butilka yordamida ishlaydigan quvvatlantirgich yaratildi

Xitoyda smartfonlar uchun issiq suv va butilka yordamida ishlaydigan quvvatlantirgich yaratildi
Foto: Pixabay
Xitoy raketa texnikalari tadqiqoti instituti olimlari termoelektr chip bilan jihozlangan suv solingan butilkadan quvvatlantirish qurilmasini yaratdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, chip suv issiqligini mobil qurilmalarni quvvatlantirishda kerak bo‘ladigan elektr energiyasiga aylantira oladi.
«300-500 ml miqdoridagi qaynoq suv bo‘lgan butilka 20-30 daqiqa elektr energiyasi bilan ta’minlay olishini aniqladik», — deydi tadqiqot guruhi a’zosi Shen Szyan.

Namunaning namoyishida termoelektr qurilma quvvatlantirish uchun mo‘ljallangan USB-port joylashgan butilkaning qopqog‘iga o‘rnatilgan. iPhone kabel yordamida ulanganida telefon ekranida quvvat olayotgani to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘lgan.

Muhandislarning ma’lum qilishicha, bu kabi butilka noutbuklar, fotoapparatlar va boshqa kichik maishiy buyumlarni elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Ayni vaqtda ular korxonalar bilan tijoriy ishlab chiqarish borasidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda.

200 grammli chipga ega qurilmani ko‘tarib yurish qulay bo‘lishi uchun mutaxassislar butilka og‘irligini dastavval kosmik qurilmalar uchun yaratilgan yengil issiqlik izolyatsiyali material yordamida kamaytirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda smartfonlar uchun issiq suv va butilka yordamida ishlaydigan quvvatlantirgich yaratildi