841
Xitoyda smartfonlar uchun issiq suv va butilka yordamida ishlaydigan quvvatlantirgich yaratildi

Foto: Pixabay
Xitoy raketa texnikalari tadqiqoti instituti olimlari termoelektr chip bilan jihozlangan suv solingan butilkadan quvvatlantirish qurilmasini yaratdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Ta’kidlanishicha, chip suv issiqligini mobil qurilmalarni quvvatlantirishda kerak bo‘ladigan elektr energiyasiga aylantira oladi.
«300-500 ml miqdoridagi qaynoq suv bo‘lgan butilka 20-30 daqiqa elektr energiyasi bilan ta’minlay olishini aniqladik», — deydi tadqiqot guruhi a’zosi Shen Szyan.
Namunaning namoyishida termoelektr qurilma quvvatlantirish uchun mo‘ljallangan USB-port joylashgan butilkaning qopqog‘iga o‘rnatilgan. iPhone kabel yordamida ulanganida telefon ekranida quvvat olayotgani to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘lgan.
Muhandislarning ma’lum qilishicha, bu kabi butilka noutbuklar, fotoapparatlar va boshqa kichik maishiy buyumlarni elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Ayni vaqtda ular korxonalar bilan tijoriy ishlab chiqarish borasidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda.
200 grammli chipga ega qurilmani ko‘tarib yurish qulay bo‘lishi uchun mutaxassislar butilka og‘irligini dastavval kosmik qurilmalar uchun yaratilgan yengil issiqlik izolyatsiyali material yordamida kamaytirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Noyob simsiz quvvatlantirgich yaratildi. U smartfonni havo orqali quvvatlantira oladi

Apple 13 oktabr kuni taqdimot o‘tkazadi. Unda, katta ehtimol bilan, yangi ayfonlar ko‘rsatiladi

iPhone 6S smartfonlari eng qimmat narxda sotiladigan davlatlar reytingi ma’lum bo‘ldi

“Beeline” O‘zbekistondagi “Eurasia Mobile Challenge” g‘oliblarini e’lon qiladi

9 dollarlik kompyuter ishlab chiqarish uchun pul to‘planmoqda

2016 yildan narxi 9 dollarlik kompyuterlar chiqarilishi rejalashtirilmoqda