Foto: Reuters
Bu kompaniyalarga AQSH investitsiyalari kiritilishi taqiqlanadi. Hujjatga ko‘ra, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak.
Amerika mudofaa vazirligi Xitoy harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda deb hisoblanayotgan kompaniyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Agentlik bergan ma’lumotga ko‘ra, ro‘yxatga yana to‘qqizta yuridik shaxs kiritilgan. Ular orasida Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi va Xiaomi kompaniyasi ham bor.
Qayd etilishicha, bu kompaniyalarga AQSH investitsiyalari kiritilishi taqiqlanadi. Hujjatga ko‘ra, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak.
AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrda amerikaliklarga Xitoyning harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘langan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritishni taqiqlagandi.
2019 yil yozida AQSHda Xitoyning Huawei kompaniyasi xitoylik harbiylar bilan bog‘langani va ularga aloqa hamda sun’iy ong tizimlarini ishlab chiqishda yordam berishi ma’lum qilingan. Shundan keyin Pentagon Xitoy armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qiluvchi Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini tuza boshlagan. Ushbu ro‘yxatga Huawei, videokuzatuv tizimlari ishlab chiqaruvchi Hikvision kompaniyasi, CRCC konserni va yana 28ta kompaniya kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda 29 millionga yaqin mobil qurilma ro‘yxatga olindi. Endi ular kuzatiladimi?

Xiaomi taqiladigan qurilmalar savdosi bo‘yicha Apple’ni ortda qoldirdi

Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi

«Malika» savdo markazida Meizu va Xiaomi smartfonlari narxlari

Xiaomi Apple’ga taqlid qiluvchi kompaniyalar tufayli xarid rejalaridan ortda qolmoqda

Alisher Usmonovning sherigi Apple va Facebook aksiyalari nega sotib yuborilganini ma’lum qildi