Musulmonlarga mo‘ljallangan yana bir nechta telefon ilovalari AQSH maxsus xizmatlari foydalanuvchilarni kuzatishiga imkon beradigan mexanizmlardan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Amerika-Islom aloqalari kengashining bildirishicha, X-Mode ma’lumotlar brokeri bilan ishlab kelgan kamida beshta ilova aniqlangan. Bu kompaniya esa ma’lumotlarni AQSH Mudofaa vazirligi buyurtmalarini bajaruvchi firmalar bilan bo‘lishgan. “Namoz vaqtiga qancha qolganini bilish uchun ilovadan foydalangan musulmon davlatning kuzatuviga tushmasligi kerak”, – deydi Amerika-Islom aloqalari kengashi direktori Nixad Avad.
Vice nashrining yozishicha, AQSH maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi bir qator ilovalar foydalanuvchilarining geolokatsiyasini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu ilovalar quyidagilardir: Prayer Times, Qibla Finder va Qibla Compass. Bulardan oxirgisi Google Play Store dan 5 million martadan ortiq yuklab olingan.
Avvalroq Muslim Pro va Salaat First ilovalari foydalanuvchilarining ma’lumotlari ham AQSH maxsus xizmatlari qo‘liga tushgani haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”