21:55 / 02.02.2021
2 421

«Marhumlar» bilan suhbatlashish imkonini beruvchi texnologiya yaratildi

«Marhumlar» bilan suhbatlashish imkonini beruvchi texnologiya yaratildi
"Microsoft“ vafot etgan odam haqida to‘plangan ma’lumotlar, masalan, rasmlar, ovozli ma’lumotlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, elektron pochta xabarlari va boshqalar asosida o‘liklarning chat-avatarlarini yaratishga imkon beruvchi ”AI" texnologiyasini patentlagan. Bularning barchasi sun’iy aqlning haqiqiy odamga aniq taqlid qilishiga yordam beradi.

Eng qizig‘i shundaki, Redmond korporatsiyasi, rivojlantirish g‘oyasini «Qora ko‘zgu» teleserialidan olgan. Patent hatto tasvir va videoga asoslangan holda ma’lum bir shaxsning ikki yoki uch o‘lchovli modellarini yaratish texnologiyasini ham bajara oladi. Agar "Microsoft" patentni hayotga tatbiq eta oladigan bo‘lsa, texnologiyadan o‘lik qarindoshlar uchun chat-botlarni yaratishdan ko‘ra, qo‘rqinchli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)