22:44 / 04.02.2021
2 140

Rossiyada smartfonlar uchun somondan g‘ilof yasaldi

Rossiyada smartfonlar uchun somondan g‘ilof yasaldi
Foto: Glamour
Dunyo bo‘ylab har yili millionlab plastik telefon jildlari chiqindiga chiqariladi, ular atrof-muhitga zarar ham yetkazadi. Ammo zamonaviy ekopolimerdan, ya’ni mikroplastikasiz, limon kislotasi, kalsiy karbonat va bug‘doy somonidan tayyorlangan Soloma jildini oziq-ovqat chiqindilari bilan tashlash mumkin. U zararsiz holda parchalanib, tuproqning bir qismiga aylanadi.

Biologik parchalanadigan jildlar ishlab chiqaruvchisi Soloma brendi Moskvaning ikki ekologik tashabbuskori – Marina va Georgiy tomonidan ishlab chiqilgan. Juftlik birga yashash jarayonida bu kabi zararli chiqindilarni boshqalariga qo‘shib tashlay olmasligini bilgan. «Biz polietilen paketlarini xalta va eko-sumkalarga almashtirdik. Oziq-ovqat, transport, chiqindi va qadoqlash tanloviga ongli ravishda murojaat qildik. Shunda boshqalarni qanday qilib bu ishga jalb etish va shu orqali sayyoramizga yordam berish haqida savol paydo bo‘ldi. So‘ngra Soloma – maqsadi oddiy ekologik odatlarni ilgari suruvchi blog loyihasini yaratdik. Shuningdek, biz kompostlangan telefon jildlarini sotamiz va mablag‘ning bir qismini Rossiyaning tabiatni muhofaza qilish fondlariga o‘tkazamiz», − deydi juftlik.
[media=https://www.instagram.com/p/CJai1AqnM89/?utm_source=ig_embed]
Ushbu brend bir yildan ko‘proq vaqt davomida mavjud bo‘lib, o‘tgan vaqt ichida Marina va Georgiy mingdan ziyod jild sotishga muvaffaq bo‘ldi va 755 dollarni tabiatni muhofaza qilish fondlariga o‘tkazdi. Biznes standartlari bo‘yicha bunday kamtarona natijalar juftlikni ranjitmaydi, ular eng kichik qadamni ham muhim deb biladi.

Bundan tashqari, saytdan iPhone, Samsung va Huawei modellari uchun ham qoplamalar xarid qilish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada smartfonlar uchun somondan g‘ilof yasaldi