18:18 / 06.02.2021
2 521

Xiaomi’ning inqilobiy smartfoni taqdim etildi (foto)

Xiaomi’ning inqilobiy smartfoni taqdim etildi (foto)
Foto: IXBT
5 fevral kuni Xiaomi kompaniyasi o‘zining navbatdagi inqilobiy smartfonini taqdim etdi. U to‘rt tomoni ham ancha bukilgan «sharshara-ekran» bilan jihozlangan, deb xabar beradi IXBT.

Xiaomi kompaniyasi bosh direktori Ley Szyun Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali yangi qurilmaning taqdimoti bo‘lib o‘tishini e’lon qilgandi. Tizer gap egiluvchan smartfon haqida ketayotganiga shama qilgandi.

Xiaomi’ning ma’lum qilishicha, qurilma barcha tomoni 88 daraja burchak ostida bukilgan inqilobiy ekrandan foydalanmoqda. Aftidan, smartfon yonlari ham ekran bilan qoplangan (korpus burchaklaridan tashqari), bundan tashqari, uning hech qanday tugma va teshiklari yo‘q. Yangi qurilmani yaratishda kompaniya butun dunyo bo‘ylab 46 ta patentni ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Foto: IXBT
Smartfonda to‘rt tomoni bukilgan «sharshara-ekran»dan foydalanilgan, ammo bu kabi shakldagi displeyni ishlab chiqarish haqiqatan qiyin jarayon hisoblanadi. Xiaomi shishaga Selsiy bo‘yicha 800 daraja va yuqori bosimda ishlov beradigan o‘z qurilmasini yaratgan.

Foto: IXBT
Smartfonga ekranosti frontal kamera o‘rnatilgan, ovoz ekran vibratsiyasi orqali uzatiladi, shuningdek, u simsiz quvvatlanish hamda boshqa qator innovatsion texnologiyalarga ega.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabr boshlarida taniqli Ice Universe niki ostidagi insayder Xiaomi’ning navbatdagi flagmani 2020 yil oxiriga qadar namoyish etilishini, Xiaomi Mi 11 nomiga ega bo‘ladigan qurilma «sharshara-ekran» bilan jihozlanishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi’ning inqilobiy smartfoni taqdim etildi (foto)