LG kompaniyasi zarurat tug‘ilganida ixcham taglikka to‘liq «yashirinadigan», kichik oynaga ega televizorini patentladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Foto: LetsGoDigital
LG odatdagi yupqa panellar g‘oyasidan chekinib, televizorlar shakli va konstruksiyasi ustidagi tajribalarini davom ettirmoqda. Kompaniya avvalroq ekrani ixcham qutiga joylashadigan o‘zining birinchi «rulon-televizori»ni taqdim etgandi. Aftidan, kompaniyaga ushbu g‘oya yoqqan ko‘rinadi.
Mazkur g‘oyani rivojlantirishning keyingi bosqichidan kichik oynaga ega o‘raladigan ekran o‘rin olgan. Ushbu oynada displeyning vaqt, ob-havo va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar namoyish etiladigan qismi joylashadi. LG hozirda konstruksiyani patentlagan, shu sababli bu kabi televizorlar tez orada sotuvda paydo bo‘lib qolishi mumkin.
Foto: LetsGoDigital
Asosiy g‘oya o‘zgarishsiz qolmoqda — naysimon shaklda o‘raladigan matritsali televizor. Ushbu ekran tom ma’noda korpusdan chiqib keladi, yig‘ilgan holatda esa uydagi dekorativ element vazifasini bajaradi.
Ta’kidlanishicha, bu turdagi televizorlar sotuvga chiqsa, cheklangan miqdorda bo‘ladi va juda qimmat turadi. LG’ning oddiy «rulon-televizori» Janubiy Koreyada 88 ming dollar qiymatida sotuvga chiqqan edi. CES 2021 ko‘rgazmasida esa kompaniya uning shaffof ekranga ega modifikatsiya qilingan versiyasini namoyish etgandi, biroq hozircha u sotuvda yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”