11:53 / 17.03.2021
2 262

Internetda suratlarni «kuylashga» majbur etadigan Wombo mobil dasturi mashhurlikka erishdi

Internetda suratlarni «kuylashga» majbur etadigan Wombo mobil dasturi mashhurlikka erishdi
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar orasida suratlarni qo‘shiq «kuylashga» majbur etadigan Wombo mobil dasturi mashhurlikka erishmoqda, deb yozadi Glamour.

Mobil dastur faqatgin Apple va Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan. Undan foydalanish juda oson: portret ko‘rinishidagi kerakli suratni yuklash va qo‘shiqni tanlash kifoya — suratdagi odamning o‘zi kuylashni boshlaydi. Mobil dastur orqali What is Love, Never Gonna Give You Up, I Will Survive kabi xit qo‘shiqlarni tanlash mumkin.

Mazkur mobil dastur ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab memlarning tarqalishiga olib keldi. «Endilikda biz, Donald Tramp, qirolicha Yelizaveta va Mona Liza qanday kuylashini bilamiz», — deyiladi xabarda.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internetda suratlarni «kuylashga» majbur etadigan Wombo mobil dasturi mashhurlikka erishdi