Foto: REUTERS/Mike Blake
TikTok ilovasida guruh chatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib. Xabarda aytilishicha, yangi funksiya shu yil ishga tushadi.
Guruh chatlarida xabar almashish imkoniyatini yaratish ByteDance kompaniyasining TikTok ilovasini «ijtimoiy muloqot ilovasi»ga aylantirish rejasining bir qismi hisoblanadi, degan agentlik manbasi.
Kompaniya guruh chatlari foydalanuvchilarning ilovada ko‘proq bo‘lishlariga yordam beradi deb hisoblamoqda. Shuningdek, yangi funksiya taniqli blogerlarga o‘z obunachilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi.
Agentlikning qayd etishicha, TikTok ichida suhbatlashish imkoniyatining yo‘lga qo‘yilishi ByteDance kompaniyasiga Facebook va boshqa yirik ijtimoiy tarmoqlar bilan raqobatlashishga yordam beradi.
Xabarda aytilishicha, ByteDance TikTok ilovasiga guruh chatlarini qo‘shishni o‘tgan yili rejalashtirgan, ammo Donald Trampning AQSHda ushbu ilovani bloklashga urinishi bu rejaning amalga oshishiga xalaqit bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida