Foto: Getty Images
Oksford internet institutining tadqiqotida 10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 430 mingdan ziyod yoshlarning televizor tomosha qilish, ijtimoiy tarmoqlar va texnologik vositalardan foydalanish vaqti bilan ruhiy tushkunlik, o‘z joniga qasd qilish fikri va xulq-atvor buzilishi kabi psixologik muammolar o‘rtasidagi bog‘liqlik tekshirildi.
Tadqiqotlar natijasida 1991-2019 yillar orasida depressiya bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va televizor tomosha qilish vaqti o‘rtasidagi munosabatlar biroz bo‘lsa-da zaiflashgani kuzatildi. Xuddi shu davrda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning psixologiyaga ta’siri biroz o‘sgan.
Oksford internet institutining tadqiqotlari Clinical Psychological Science jurnalida e’lon qilindi. Tadqiqotda 1991-2017 yillar orasida Buyuk Britaniya va AQSHda yashagan 10-15 yosh oralig‘idagi 430 mingdan ortiq yoshlarning ma’lumotlari tahlil qilindi.
Tadqiqotda ishtirok etayotgan yoshlardan ma’lum savollar asosida o‘zlarining hissiy holatlarini baholashlari so‘raldi.
Keyingi bosqichda yoshlardan odatda ijtimoiy tarmoqlardan yoki mobil telefon va televizor kabi texnologik qurilmalardan qancha vaqt davomida foydalanishlari so‘raldi. Bu vaqtdan qanday foydalanganliklari esa so‘roq qilinmadi.
«2010 va 2019 yillarni taqqoslaganda ijtimoiy tarmoqlarning ruhiy salomatlikka ta’sirida hech qanday farqni ko‘rmadik», deydi tadqiqot koordinatorlaridan biri professor Endryu Przybilskiy.
Przybilskiy texnologiyadan foydalanish va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi munosabatlar «tobora kuchayib bormayotgani»ni ta’kidladi.
Oksforddagi tadqiqotlar texnologiyaning yoshlar ruhiy salomatligiga zararli ta’siriga e’tibor qaratayotgan siyosatchilar va mutaxassislarga ogohlantirmoqda.
Aslini olib qaraganda, yoshlarning texnologiyalardan foydalanishini ular boshdan kechirgan ruhiy muammolar bilan bog‘laydigan tadqiqotlar jamoatchilikka juda yaxshi ma’lum. Masalan, 2021 yil yanvar oyida chop etilgan bir tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchni susaytirishi haqida xulosaga kelingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”