O‘zbekistonning internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida o‘rni yuqorilab bormoqda. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisining 2021 yil aprel oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonning mobil internet tezligi yaxshilangan.
Bir yil ichida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 1,5 barobarga (51,8 foizga) o‘sganligi qayd etilgan (ya’ni 2020 yil aprel holatiga ko‘ra 25,82 Mbit/sekunddan 2021 yil aprel holatiga ko‘ra 39,2 Mbit/sekundgacha). So‘nggi uch yil ichida esa O‘zbekistonda simli internet tezligi uch barobarga o‘sgan.
Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etilgan. 2021 yil aprel oyi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yana to‘rtta pog‘onaga ko‘tarilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/sekunddan (2020 yil aprel holatiga ko‘ra) 17,28 Mbit/sekundgacha o‘sgan (2021 yil aprel holatiga ko‘ra). Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 78,5 foizga ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tashqi internet kanalining tezligi soniyasiga 1800 Gbitga yetkazilishi ma’lum qilingandi. Loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlari Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 apreldagi qarori bilan qabul qilingan, ammo hujjatda loyihani amalga oshirish muddati ko‘rsatilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi