Foto: IXBT
Telegram asoschisi Pavel Durov Apple Xitoydagi foydalanuvchilarni keng ko‘lamda kuzatishda ishtirok etayotgani keltirilgan The New York Times’da maqolaga izoh berdi, deb yozadi IXBT.
Durov bu hayratlanarli emasligini, chunki yirik texnologik kompaniyalar ko‘pincha erkinlikni emas, balki foydani ma’qul ko‘rishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Telegram asoschisi faqat zarurat tug‘ilganida iPhone’dan foydalanishini ta’kidlab o‘tgan.
«Apple o‘zlarining ekotizimiga bloklangan, eskirgan qurilmalarini mijozlarga qimmat narxlarda sotishga asoslangan biznes-modelini juda samarali amalga oshirmoqda. Har safar dasturimizning iOS uchun versiyasini sinashda, iPhone’dan foydalanishga majburligida, o‘rta asrlarga tushib qolgandek bo‘ladi. 60 gersli yangilanish chastotasiga ega iPhone displeylari 120 gersli ekranlarga ega zamonaviy Android telefonlar bilan raqobatlasha olmaydi», — deydi Durov.
Telegram asoschisining qo‘shimcha qilishicha, iPhone foydalanuvchini Apple’ning raqamli quliga aylantiradi, chunki u Apple ruxsat bermagan dasturlardan foydalana olmaydi. Bundan tashqari, zaxira ma’lumotlar nusxasini yaratish uchun faqatgina iCloud’dan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
«Apple yordamida iPhone’dan foydalanadigan fuqarolarining dasturlari va ma’lumotlari ustidan to‘liq nazoratga ega Xitoy Kommunistik partiyasi kompaniyaning totalitar yondashuvini qadrlashi ajablanarli emas», — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”