08:00 / 25.06.2021
2 351

Apple talab kamligi bois iPhone 12 mini’ni ishlab chiqarishni to‘xtatdi


Foto: Getty Images
Apple korporatsiyasi iPhone 12 mini modeliga nisbatan talab kamligi bois ushbu smartfonni ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda TrendForce marketing kompaniyasiga tayanib, Esquire xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 12 mini’ni 2021 yilning ikkinchi choragidan boshlab ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Bu ushbu smartfonlar savdosi seriyadagi boshqa modellar — iPhone 12, iPhone 12 Pro va 12 Pro Max’dan sezilarli darajada kamligi bois amalga oshirilgan.

Mart oyida OAVlarda Apple birinchi yarim yillikda iPhone 12 mini’ni ishlab chiqarishni 70 foizga qisqartirishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

TrendForce’ning taxminlariga ko‘ra, 2021 yilning kuzida Apple kompaniyasi iPhone 12S nomi ostida yangi qurilmalar seriyasini taqdim etishi mumkin. U A15 protsessori, 5G aloqa tarmog‘i va barcha kameralarida 6P ob’ektivlariga ega bo‘ladi. Kompaniya iPhone 12S’ning uchta modelini taqdim etishi kutilmoqda — ularning hech biri mini emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple talab kamligi bois iPhone 12 mini’ni ishlab chiqarishni to‘xtatdi