Foto: Getty Images
Amerikaning Apple kompaniyasi nazariy jihatdan foydalanuvchining sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan gadjetlarni sanab o‘tdi. Bu boradagi tegishli ro‘yxat kompaniya saytida e’lon qilingan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Ma’lum qilinishicha, Apple’ning qator qurilmalaridagi magnitlar kardiostimulyator va defibrillyatorlar ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
«Ko‘plab maishiy elektron qurilmalar tarkibida elektromagnit maydon hosil qiladigan magnitlar yoki komponent va radiopriyomniklar mavjud», — deydi korporatsiya muhandislari.
Ichida magniti bor qurilmalar qatoridan iPhone’dan tashqari iPad planshetlari va ularning aksessuarlari o‘rin olgan — masalan, planshetga magnitlar yordamida qotiriladigan Smart Keyboard Folio klaviaturasi. Shuningdek, Apple Watch soatlari, AirPods va Beats simsiz naushniklarida ham ularni quvvatlantirgich bilan ulaydigan magnit bor.
Shu bilan birga ro‘yxatdan HomePod smart-kolonkalari va Mac kompyuterlarining barcha mavjud versiyalari, shuningdek, Apple Pro XDR tashqi monitori ham kiritilgan.
Yuqorida nomlari keltirilgan Apple gadjetlarini tibbiyot qurilmasidan kamida 15 santimetr uzoqlikda tutib turish tavsiya etilgan. Qo‘shimcha savollar yuzaga kelganda kompaniya davolovchi shifokordan konsultatsiya olishni maslahat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”