09:18 / 18.07.2021
2 702

iPhone 13 lineykasi barmoq izi skaneriga ega bo‘lmaydi


Foto: IXBT
2021 yilning boshlarida iPhone 13 seriyasida Touch ID barmoq izi skaneri paydo bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Manbalar so‘nggi iPhone flagmanida ikkitalik audentifikatsiya (Face ID va Touch ID) qo‘llanilishini ta’kidlagan. Apple so‘nggi olti oy ichida rostdan ham ekran ostidagi Touch ID’ga bog‘liq ko‘plab patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Biroq endilikda iPhone 13’ga barmoq izi skaneri o‘rnatilmasligiga oid ma’lumotlar tarqaldi, deb xabar beradi IXBT.

Bloomberg muharriri Mark Gurmanning ma’lum qilishicha, kompaniya iPhone 13 seriyasida oldingidek bitta biometrik usuldan (Face ID) foydalanadi. «Apple joriy yilda qurilmalari uchun ekran ostiga o‘rnatiladigan barmoq izi skanerini sinovdan o‘tkazdi, ammo ushbu funksiya iPhone’ning 2021 yilgi avlodida paydo bo‘lmaydi», — deya ta’kidlaydi u.

Koronavirus pandemiyasi sabab 2020 yilda ko‘pchilik iPhone 12’ning biometrik tekshiruv usulini tanqid qilgan edi. Niqob taqilgan holatda Face ID ishlamagan. Keyinroq Apple iPhone qurilmasini niqobda ham blokdan chiqarishga yordam beradigan yangi funksiyani taqdim etgandi, biroq hammada ham Apple Watch soatlari yo‘q. Shu sababli Apple’ning ko‘plab ishqibozlari Touch ID’ning intizorlik bilan kutmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 13 lineykasi barmoq izi skaneriga ega bo‘lmaydi