Singapurda massaj qiladigan robot ixtiro qilindi

Singapurda massaj qiladigan robot ixtiro qilindi
Foto: CNN
Singapurdagi AiTreat startapi insonlarni massaj qilishga qodir sun’iy intellektga ega EMMA robotini ixtiro qildi. Ta’kidlanishicha, u an’anaviy xitoy tibbiyoti tizimi bo‘yicha massaj qilishga qodir, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Qurilma mushaklarning qattiqligini o‘lchaydigan uch o‘lchovli ko‘rish sensori yordamida ishlaydi. Uning «qo‘llari» Selsiy bo‘yicha 38-40 darajada qiziydi. Ular xuddi inson qo‘llari kabi yumshoq.

Ixtirochilar o‘z qurilmasi yaqin kelajakda u qadar qimmat bo‘lmagan massaj muolajalarini o‘tkazishni boshlashiga umid qilmoqda. Ayni vaqtda esa shahar shifoxonalarida shu kabi jami 11 ta qurilma ishlamoqda.
Singapurda massaj qiladigan robot ixtiro qilindi
Foto: CNN
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar