14:30 / 07.09.2021
3 022

iPhone 13 Pro’ning noodatiy ranglardagi tasviri e’lon qilindi

iPhone 13 Pro’ning noodatiy ranglardagi tasviri e’lon qilindi
Foto: Twitter / @BenGeskin
Ben Geskin ismli taniqli insayder iPhone 13’ning yangi — bronza va odatiy ko‘k rangdagi tasvirlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Ta’kidlanishicha, bu haqiqiy surat emas, balki ko‘plab mish-mishlar asosida grafik tahrirlagichda ishlangan konsept-artlar hisoblanadi.

Shuningdek, internetda yangi iPhone 13 ning Pro versiyasining qora xira rangli tasvirini ham uchratish mumkin:

Foto: Twitter / @BenGeskin
Avvalroq Apple kompaniyasining 2021 yilda taqdim etiladigan iPhone lineykasida tilla rangning ikkita yangi jilosi paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Xususan, e’lon qilingan kadrlarda Pro Max to‘rt xil rangda tasvirlangan. Oq va qora ranglari bilan bir qatorda (ular Pearl va Matte Black nomli) Apple tilla rangining yangi ikkita jilosiga ega variantlarni — Sunset Gold va Rose Gold’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Apple o‘zining yangi seriyasi uchun qaysi ranglarni tanlagani tez orada ma’lum bo‘ladi. Kompaniyaning onlayn taqdimoti sentabr oyining uchinchi haftasiga mo‘ljallangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 13 Pro’ning noodatiy ranglardagi tasviri e’lon qilindi