12:20 / 12.10.2021
675

Germaniyada dunyoda muqobili yo‘q boshqaruvchisiz poyezd taqdim etildi

Germaniyada dunyoda muqobili yo‘q boshqaruvchisiz poyezd taqdim etildi
Foto: twitter.com
Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo‘l kompaniyasi va Siemens kompaniyasi Hamburgning temir yo‘l tizimiga integratsiya qilinadigan boshqaruvchisiz avtomatlashtirilgan poyezdni taqdim etdi. Bunday 4 ta poyezd dekabrdan shaharda yo‘lovchilarni o‘z manzillariga elta boshlaydi.

Siemens va Deutsche Bahn’ning ushbu loyihasi Hamburg temir yo‘l tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturning bir qismi hisoblanadi.

Siemens bosh direktori Roland Bushning ta’kidlashicha, bunday poyezdlar “punktuallikni oshirishga va 30 foizdan ko‘proq energiya tejashga” imkon beradi. O‘z navbatida, Deutsche Bahn rahbari Richard Luts avtomatlashtirilgan poyezdlar ishonchliroq ekanini aytgan.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, gap dunyoda bu turdagi birinchi poyezdlar haqida bormoqda, chunki ular uchun maxsus izlar yotqizish talab etilmaydi. Boshqaruvchisiz poyezdlar Hamburgda oddiy poyezdlar bilan birga mavjud temir yo‘l izlari orqali harakatlanadi.

Dunyoning boshqa shaharlarida, misol uchun, Parijda boshqaruvchisiz tarkiblar faqat metroning muayyan liniyalarida yo‘lovchi tashiydi. Bundan tashqari, bu turdagi poyezdlar bir qator aeroportlarda maxsus izlar orqali qisqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » Germaniyada dunyoda muqobili yo‘q boshqaruvchisiz poyezd taqdim etildi