23:25 / 17.10.2021
936

Amerika snayper miltig‘i o‘rnatilgan robot-it yaratdi (video)

Amerika snayper miltig‘i o‘rnatilgan robot-it yaratdi (video)
Foto: «Gazeta.ru»
AQSH armiyasi assotsiatsiyasining yillik konferensiyasida snayper miltig‘i bilan qurollangan jangovar robot-itning prototipi namoyish etildi, deb xabar beradi Fox News.

Ma’lumki, Amerikaning Ghost Robotics kompaniyasi to‘rt oyoqli ixtirosi «maxsus maqsadli boshqaruvchisiz miltiq» (SPUR, Special Purpose Unmanned Rifle) bilan jihozlangan. Kompaniya robotni «harbiylarning eng yaxshi do‘sti» deb atagan. Miltiq ishlab chiqaruvchi SWORD International veb-saytida aytilishicha, qurol to‘rt oyoqli Ghost Robotics Vision-60 kabi boshqaruvchisiz platformalardan yuqori aniqlikda o‘q otish uchun yaratilgan.

«Qurollanish tizimini xavfsiz va ishonchli rivojlantirishga imkon beruvchi kamera, xavfsizlik va o‘t o‘chirish xususiyatlariga ega bo‘lgan holda operator ushbu qurolni masofadan o‘qlash va saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yuqori samarali SPUR sensorlari tufayli har xil sharoitlarda kunduzi ham, kechasi ham ishlay oladi», — deyiladi kompaniya xabarida.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » Amerika snayper miltig‘i o‘rnatilgan robot-it yaratdi (video)