1 473
«Twitter'da Amerika prezidenti bloklanadi, lekin «Tolibon»ga cheklov yo‘q» — Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ochdi
Foto: Reuters
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirganini ma’lum qildi. U TRUTH, ya’ni haqiqat deb nomlanadi.
«Katta texnologik zo‘ravonlarga qarshilik ko‘rsatish uchun TRUTH va TMTG (Trump Media & Technology Group)ni tashkil etishga qaror qildim. Biz shunday zamonda yashayapmizki, «Tolibon» bemalol Twitter'dan foydalanayotgan bir vaqtda bu tarmoq sevimli prezidentingizni bloklab qo‘yadi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
TRUTH'dagi ilk postimni tez orada joylayman. Uni hammaga gapirish imkonini berish uchun ochdim. Tez orada TRUTH'dagi chiqishlarim orqali katta texnologik zo‘ravonlarga qarshilikni boshlayman. Nega bu katta zo‘ravonlarga kimdir qarshilik qilmaydi, deyishardi, mana shu qarshilik qiladigan biz bo‘lamiz», dedi sobiq prezident.
Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimida ishlab turgan vaqtida Facebook va Twitter uning sahifasini bloklab qo‘ygandi. Bloklash Vashingtondagi Kapitoliy bosqinidan keyin, joriy yil boshida amalga oshirilgan. Tramp o‘z tvitlari orqali hukumatni tinch yo‘l bilan topshirmasligiga ishora qilmoqda, deb topilgandi.
Yaqinda Tramp Twitter'ni uning akkauntini qayta tiklashga majbur qilishni so‘rab federal sudga murojaat qilgandi. Sobiq prezident ochgan TRUTH ijtimoiy tarmog‘i 2022 yil birinchi kvartalida ishga tushishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi