Foto: Getty Images
21 oktabr kuni Donald Tramp o‘zining TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i yaratilganini e’lon qilgandi.
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning Trump Media & Technology Group (TMTG) kompaniyasi yaqinda e’lon qilgan TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i rasman ishga tushmasdan turib hakerlar hujumiga uchradi, deb xabar berdi The New York Times. Hakerlar gazetaga bergan intervyusida o‘zlarini Anonymous guruhiga aloqador deb tanishtirgan.
Ularning ta’kidlashicha, TRUTH Social yaratilgani haqidagi xabardan bir necha soat o‘tib, hakerlar platformaning beta-versiyasini buzib kirishgan. Ular Tramp, uning sobiq maslahatchisi Stiven Bennon, fitna nazariyasi tarafdori Ron Uotkins va Twitter asoschisi Jek Dorsi nomlariga soxta akkauntlar ochishgan.
Hakerlar @donaldjtrump akkauntida cho‘chqalar surati va Dorsining sha’niga haqoratomuz so‘zlarni qoldirishgan. Postlar tasvirlangan skrinshotlar boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. TRUTH Social mualliflari soxta akkauntlarni bloklagan, so‘ngra esa platformaning beta-versiyasini yopishlariga to‘g‘ri kelgan, deb yozadi NYT.
Yanvarda Facebook va Twitter Donald Trampning sahifasini bloklab qo‘ygandi. 21 oktabr kuni Tramp TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘i yaratilganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, servisning beta-versiyasi «taklif qilingan mehmonlar» uchun noyabrda ishga tushadi, 2022 yil boshidan esa undan barcha foydalanishi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi