18:00 / 21.02.2022
1 906

Suratda yashiringan raqam: Siz ham optik illyuziya orqali ko‘rish qobiliyatingizni tekshiring

Suratda yashiringan raqam: Siz ham optik illyuziya orqali ko‘rish qobiliyatingizni tekshiring
Foto: Esquire
«Raqamlarni ko‘ryapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, necha raqam?», — deb yozadi Benonwine nomli Twitter foydalanuvchisi optik illyuziyaga ega tvitga.

Ushbu oddiy tasvir orqali ko‘rishning yuqori kontrastli sezgirligi bor yoki yo‘qligini bilib olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ob’ektlar va fon o‘rtasidagi farqni qanchalar aniq ko‘ra olish tekshiriladi.

Izohlarda juda ham ko‘p turli xil javoblar mavjud. Ko‘pchilik 528, 45283 va 15283 ni ko‘rgan.

«Men yetti raqamini ko‘rmoqdaman. Ba’zi odamlar faqat 3 va 5 ni ko‘ryapti», – deb javob berdi @suzihands.

«Men 45283 raqamini ko‘ryapman, lekin boshqa javoblarga qarab, yana ikkita raqamni ko‘rdim. Men u yerda boshqa raqamlar borligini ko‘ryapman, lekin ularni aniqlay olmayapman», – deb yozgan @PaulChocky.

Aniq javobni bilmoqchimisiz?
3452839 – bu illyuziyada yashiringan raqam. Raqamlarning bunday kombinatsiyasini ko‘rganlar ko‘rishning yuqori kontrastli sezgirligiga ega.

«Piksel zichligi katta rol o‘ynaydi, shuning uchun chetdagi raqamlarni hamma ham ko‘ra olmasligi tabiiy. Buning uchun ko‘rish vaqtida suratni kichraytirish yoki tez aylantirish kerak. Bu 3452839 raqamini ko‘rishni ancha osonlashtiradi», – deydi @stimpygato.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Suratda yashiringan raqam: Siz ham optik illyuziya orqali ko‘rish qobiliyatingizni tekshiring