1 240
Anonymous xakerlari Rossiyaga qarshi «kiberurush» e’lon qildi va RT saytiga hujum uyushtirdi
Foto: AFP
Anonymous xakerlik guruhi Rossiya hukumatiga qarshi «kiberurush» ochishini e’lon qildi. Bu haqda ular Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirgan.
Shuningdek, Anonymous vakillari RT telekanali saytiga uyushtirilgan hujum bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. Mazkur xabarni yozish vaqtida RT saytining Rossiya va bir qator xorijiy versiyalariga kirib bo‘lmayapti. RT’ning o‘zi oldinroq telekanal saytlariga DDoS-hujumlar uyushtirilayotganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, 24 fevral kuni kechasi Kreml, hukumat va Rossiya parlamenti saytlariga kirishda muammolar yuzaga kelgan.
FQB tomonidan tashkil etilgan Kompyuter hodisalari milliy muvofiqlashtirish markazi Rossiya axborot resurslariga kiberhujumlar tahdidining keskin darajasini e’lon qilgan.
24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini ma’lum qildi. Murojaatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning ko‘plab shaharlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko 24 fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma ob’ektlariga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi