date

Beeline Eng yaxshi halqaro brend unvoniga nomzod bo‘ldi

Beeline Eng yaxshi halqaro brend unvoniga nomzod bo‘ldi

Beeline ADBRAND 2016 tanlovining “Eng yaxshi halqaro brend” nomzodligida ishtirok etmoqda. ADWEEK marketing va reklama Haftasining rasmiy saytida o‘tkazilayotgan onlayn-ovoz berishning birinchi kunida Beeline‘ning yuzlab abonentlari yorqin brendni tanladilar.

“Avval ham bizning kompaniyamiz Uzbekistan Brand Awards va boshqa loyihalar doirasida shunga o‘xshash sovrinlarni uch marotaba qo‘lga kiritgan edi, – voqeani sharhlaydi Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Bu manoda Beeline mamlakatning eng unvonli brendi hisoblanadi, lekin bizning ishonchimiz komilki, insonlarning ishonchini doimiy ravishda oqlash lozim, shu manoda biz uchun ADBRAND iste’molchilarning moyilliklarini tekshirish uchun navbatdagi imkoniyatga aylandi”.

“Yilning eng yaxshi brendi” tanlovi O‘zbekistonning savdo belgilari orasida 10 turdagi nomzodlikda o‘tkazilmoqda. Unda respublika hududida mahsulot chiqarayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan har qanday korxona qatnashishi mumkin. ADBRAND 2016 saytida onlayn-ovoz berish boshlangan chog‘ida 60ga yaqin brendlar taqdim etilgan edi.

Ovoz berish jarayoni yakunlanishiga 16 kun qoldi. Quyidagi havola orqali sevimli brendni qo‘llab-quvvatlash mumkin https://adweek.uz/index.php/en/adbrand
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Beeline Eng yaxshi halqaro brend unvoniga nomzod bo‘ldi