Dudlangan mahsulotlar tarkibida qanday zararli moddalar bor va ular inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi?
Bu borada shifokor-parhezshunos Yelena Chadiya Sputnik radiosiga javob berdi.
Dudlangan mahsulotlarni har kuni iste’mol qilish mumkin emas. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bundan oziq-ovqatda ko‘p tuz va natriy moddasi bor. Dudlanganlar tarkibidagi ko‘p tuz miqdori salomatlik uchun hech qanday foyda keltirmaydi. Ayniqsa, aniq bir kasalliklarda u juda xavfli.
Oshqozon ichak kasalliklarida dudlangan oziq-ovqat mahsulotlari oshqozonni bezovta qiladi, jigarga og‘ir yuk bo‘ladi. Semizlikda natriy moddasi mumkin emas. Chunki natriy organizmda suvni ushlab turadi. Suv esa yog‘ oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi. Ortiqcha vaznning yo‘qolishi qiyinlashadi. Ustiga-ustak natriy yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, dudlangan kolbasa, go‘shtda kanserogen zararli moddasi ham bo‘ladi.
Bunday mahsulotlar tutunda dudlanadi. Jarayonni tezlatish uchun turli kimyoviy vositalar ham qo‘shilishi mumkin. Yog‘och olovidan chiqadigan tutunda kanserogen moddasi bor. U tayyor bo‘layotgan mahsulotga ham o‘tadi. Kanserogen shunisi bilan xavfliki, u saraton kasalligiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi