Foto: «Domashniy ochag»
Zamonaviy hayotni smartfon va planshetlarsiz tasavvur qilish qiyin, foydalanuvchilarning yarmi ularga 3-7 soat, 26 foizi esa 7 soatdan ortiq vaqt sarflaydi. Gadjetlar bizning kundalik hayotimizni o‘zgartirdi. Ammo ular berayotgan qulaylikning salbiy tomonlari ham bor. «Domashniy ochag» nashri smartfondan foydalanishda amal qilish kerak bo‘lgan bir nechta qoida bilan tanishtirib o‘tdi.
Nima uchun smartfon va planshetlar ko‘rish qobiliyati uchun xavfli?
Birinchidan, barcha gadjetlar ko‘k-binafsha rang yorug‘lik chiqaradi. U albatta, zararli hisoblanadi, chunki u ko‘rinadigan yorug‘lik orasida eng qisqa to‘lqin uzunligiga ega, shuning uchun nur ko‘z tuzilmalarida ko‘proq tarqaladi va salbiy ta’sir o‘tkazadi. Yorug‘likning ko‘k-binafsha qismi ko‘z to‘r pardasi bilan bog‘liq xavf omillaridan birining rivojlanishini isbotlovchi tadqiqotlar mavjud bo‘lib, bu ko‘rish qobiliyatining buzilishiga olib keladi.
Ikkinchidan, kichik shriftlar va piktogrammalarga doimiy e’tibor qaratish vizual charchoqqa olib keladi. Bundan tashqari, ofis xodimlari tez-tez kompyuterdan foydalanishini hisobga olsak, ko‘zlardagi zo‘riqish yanada ko‘proq ekanligini ta’kidlash mumkin. Essilor tadqiqotida qatnashgan ishtirokchilarning 62 foizi bir kunlik ishdan keyin ko‘zlarida charchoq hissi paydo bo‘lganini ma’lum qilgan.
Albatta, bugungi kunda hech bir kishi ixtiyoriy ravishda gadjetlardan voz kechishga tayyor emas, ammo uzoq muddatli foydalanish oqibatlarini minimallashtirish har kimning o‘z qo‘lida. Buning uchun faqat bir nechta oddiy qoidalarga amal qilish kerak.
Maxsus ko‘zoynak
Bu ko‘k-binafsha nurlanishdan himoya qiluvchi maxsus linzali ko‘zoynaklar. Ushbu ko‘zoynaklardan foydalanishni boshlagandan so‘ng ko‘zlar uchun qulaylik tug‘ilganini tezda sezish mumkin. Yana bir variant — adaptatsiyanni qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘zoynaklar. Ular ko‘rish bilan bog‘liq muammolari bo‘lmaganlar uchun ham mos keladi. Ular linzalarning pastki qismidagi quvvatni biroz oshirib, tabiiy, qulay fokusni saqlab qolgan holda kompyuter yoki gadjetdan uzoq vaqt foydalanishda stressni yengillashtiradi. Ushbu ko‘zoynaklar bilan kun oxiriga kelib ko‘zlar ancha kam charchaydi.
To‘g‘ri vizual xatti-harakatlar
Oddiy, ammo samarali maslahat — smartfondan foydalanganda tanaffus qilish lozim. Ko‘zlarga tanaffus qilish uchun ekranda eslatma o‘rnatish va ortiqcha kuchlanishdan xalos bo‘lishga yordam beradigan ko‘z mashqlarini unutmaslik lozim.
Maxsus kechki rejim
Uyqudan oldin smartfondan foydalanmaslikka harakat qilish juda muhim. Sababi bir xil — zararli ko‘k-binafsha nur. U ko‘zni bezovta qiladi, uxlashni qiyinlashtiradi. Agar smartfondan tunda foydalanish juda ham kerak bo‘lsa, displey nurini quyi spektrga o‘tkazadigan maxsus tungi rejimdan foydalanish mumkin.
Muvozanatli ovqatlanish
Ratsionda A, B va C vitaminlariga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak. Mashhur qorag‘at va sabzi bilan bir qatorda, baliq, qovoq, piyoz, sarimsoq, karam va tvorogga e’tibor berish lozim. Ularda ko‘z salomatligi uchun foydali bo‘lgan moddalar mavjud.
Shifokor maslahati
Agar hozirda kompyuterda ishlash yoki smartfonda biror narsa ko‘rishda noqulaylik his qilinmasa ham, bu hammasi yaxshi degani emas. Noxush alomatlar paydo bo‘lishini kutmang va oldini olish uchun oftalmolog bilan maslahatlashing. Ko‘rish sezilarli darajada yomonlashganda, qaytarib bo‘lmaydigan nuqtaga yetib bormaslik uchun sog‘liqni e’tiborsiz qoldirmaslikka harakat qilish va yiliga kamida bir marta oftalmolog huzuriga tashrif buyurish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi