Foto: Wday
Issiq tova yoki dazmolni ehtiyotsizlik bilan ishlatish, soch turmaklovchi uskunalar yoki to‘kilib ketgan qaynoq choy kuyishga olib kelishi mumkin. Teri jiddiy shikastlanganda darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Wday nashri to‘satdan yuz bergan ushbu holatda birinchi yordamni qanday ko‘rsatish va og‘riqni yengillashtirish usullari bilan bo‘lishdi.
Teri kuygandan keyin og‘riqni qanday yengillashtirish mumkin?
Kuyishdan keyin yoqimsiz og‘riqni yo‘qotishning bir nechta oddiy usullari mavjud.
Sovuq kompress
Muz yoki muzlatkichda sovitilgan har qanday narsa, masalan, muzlatilgan rezavor yoki sabzavotlar xaltasi terining shikastlangan joyiga qo‘llanishi kerak. Bunday kompress nafaqat shishni yengillashtiradi, balki og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ham ega. Shuningdek, kuygan joyni 10-15 daqiqa davomida salqin suv oqimi ostida tutib turish mumkin. Suvning haroratini kuzatib turish lozim, u juda sovuq bo‘lmasligi kerak, aks holda muzlash xavfi mavjud.
Og‘riq qoldiruvchi vositalar
Analgin yoki aspirin — bu har qanday uyda mavjud bo‘lgan dorilar. Ular og‘riqni kamaytirishga yordam beradi. Har qanday og‘riq qoldiruvchi dori-darmonlarni faqat jabrlanuvchida tarkibiy qismlarga allergik reaksiyalar bo‘lmasa qo‘llash mumkin. Teri sovigandan so‘ng kuyish joyini pantenol, bepanten, sulfargin yoki solkoseril kabi anestetik krem bilan davolash kerak.
Agar uyda dori vositalari bo‘lmasa, xalqona usullardan foydalanish mumkin. Og‘riqni yengillashtirishning uy sharoitida bir nechta oddiy, ammo samarali usullari mavjud.
Xom kartoshka
Misol uchun, xom kartoshka og‘riqni, shuningdek, yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. Buning uchun kartoshkani maydalash yoki kichik bo‘laklarga bo‘lish kerak, so‘ngra massa doka bilan o‘raladi va shikastlangan teriga surtiladi.
Aloe
Aloe tabiiy anestetik rolini ham bajaradi. O‘simlikning bargi o‘rtadan kesiladi va kuyish joyiga qo‘llanadi.
Yuqoridagi barcha usullar faqat yengil jarohatlar, birinchi va ikkinchi darajali kuyishlarda samarali hisoblanadi. Agar terida pufakchalar paydo bo‘lsa, to‘qimalar sezish hissini yo‘qotsa, maslahat uchun darhol mutaxassis bilan bog‘lanish kerak va uyda o‘zboshimchalik bilan davo choralarini ko‘rish tavsiya etilmaydi.
Kuchli, to‘xtovsiz og‘riq terining jiddiy shikastlanishining alomati bo‘lishi mumkin, bu nafaqat og‘riqni yo‘qotishni, balki qo‘shimcha davolovchi vositalarni ham talab qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi