Foto: «Profil»
Amerikalik shifokorlarning fikricha, so‘nggi 20 yil ichida yurak xuruji 35 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollarda kuzatila boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, kasallikni tashkil qiluvchi qism 21 foizdan 31 foizgacha oshgan, deb yozadi «Noviy ochag».
So‘nggi 50 yil ichida tibbiyot ko‘plab yurak muammolarini hal qilishga erishdi. O‘tgan asrning 60 yillarda butun dunyo bo‘ylab infarkt tufayli o‘lim darajasi ancha yuqori edi, o‘shandan beri yangi dori vositalari va davolash usullari ixtiro qilindi va kasallikning profilaktika choralari ko‘rildi. Ammo bu yutuqlar aholining barcha guruhlariga ta’sir qilmadi, natijada 35-54 yoshdagi ayollar statistikasining yomonlashuviga olib kelmoqda.
Sog‘liqqa e’tiborsiz bo‘lish
Bunday holatning asosiy sabablaridan biri shundaki, ushbu yoshdagi ayollar yurak kasalliklarining profilaktikasidan chetda qolmoqda. Shuningdek, bu hali hammasi emas, ularda gipertoniya va diabet kasalligining foizi ham oshdi. Infarkt esa yoshi kattalar uchun muammo bo‘lib qolmoqda.
Alomatlarni boshqa kasallik bilan adashtirish
Yana bir muammo shundaki, ayollar yurak xurujini erkaklarnikidan farqli ravishda boshdan kechiradi. Ko‘pchilik buni hatto sezmaydi ham. Tibbiy yordam esa biroz vaqt o‘tib, jiddiy ravishda zarur bo‘lishi mumkin. Agar erkaklar yuragini changallab, o‘tirgan joyidan yiqilib ketsa, ayollar bu holatda bel og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, terlash, bosh og‘rig‘i va aylanishidan shikoyat qiladi. Bu kabi alomatlarni har qanday inson bevosita yurak bilan bog‘lamasligi mumkin va shifokorlar ham ko‘pincha refluks yoki tashvishlanishning kuchayishi tashxisini qo‘yadi.
Menopauzadagi xavf
Menopauzadan oldin ayollarda xavf darajasi past bo‘ladi va shundayligicha saqlanib qolmoqda, ammo organizmdagi katta o‘zgarishlar davrida xavf ortadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, infarkt natijasida vafot etgan ayollarning 60 foizida yurak muammolari ilgari ham kuzatilgan. Buning sabablari orasida stress, erta menopauza, kuchli tashvishlanish va depressiya mavjud. Mutaxassislar sog‘liqqa ko‘proq e’tibor berishni va muammo nimada ekanini diqqat bilan aniqlashni tavsiya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar