16:16 / 22.05.2022
2 321

Umrni uzaytirishda yordam beradigan uch oddiy o‘simlik nomi ma’lum qilindi

Umrni uzaytirishda yordam beradigan uch oddiy o‘simlik nomi ma’lum qilindi
Ba’zi mahsulotlar qarish jarayonini sekinlashtirishga, qon tomirlariga foydali ta’sir ko‘rsatishga va hujayralar yangilanishini yaxshilashga qodir. Bu haqda Gazeta.ru nashriga diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg ma’lumot bergan.

Mutaxassisning fikricha, mashhur va qimmat superfudlar(sog‘lom ovqatlar sirasiga kiradigan noyob o‘simliklar va baliq mahsulotlari)ga pul sarflash shart emas. Yoshlikni uzaytira oladigan moddalar arzon mahsulotlarda, masalan, yangi karamda mavjud.

«Barcha karam navlarida flavonoidlar va sulforafan moddasi mavjud bo‘lib, ular qarish jarayonini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, sulforafan tanadagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi va saraton rivojlanishidan himoya qiladi», deydi shifokor.

Shuningdek, olma ham bu ratsionga kirishga arziydi, u qimmat mevalardan ko‘ra yomon emas va kversetinga boy. Ushbu tabiiy biokimyoviy modda qon mikrotsirkulyatsiyasi va metabolizmini yaxshilaydi.

«Ro‘yxatdagi uchinchi mahsulot – petrushka. O‘simlik tarkibida foliy kislotasi mavjud bo‘lib, u hujayralarning yangilanishi va yaxshilanishiga ta’sir qiladi, bu ham qarish jarayonini sekinlashtirish uchun juda muhimdir», deya fikrini yakunlagan mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Umrni uzaytirishda yordam beradigan uch oddiy o‘simlik nomi ma’lum qilindi